Turkiya janubi-şarqidagi Diyorbakir şahri markazida, Boğlor tumanida portlaş amalga oşirilişi natijasida 3 kişi halok bölgan va 42 kişi jarohatlangan. Bu haqda NTV xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinişiça, portlaş portlovçi qurilma örnatilgan avtomobil politsiya avtobusi yonida portlatilişi orqali amalga oşirilgan.

Bu avtobus Kurdiston işçilar partiyasining qölga olingan a'zolarini olib ketayotgan edi. Portlaş natijasida jabrlanganlar orasida politsiyaçilar ham (12 nafar politsiçi), mahkumlar ham va tinç aholi vakillar ham bor.

Qayd etiş kerakki, Diyorbakir şahrini Turkiya şarqida avtonom davlat (Turkiya Kurdistoni) tuziş niyatida bölgan Kurdiston işçilar partiyasi vakillari özlarining poytaxtlari sifatida bilişadi.

Keyingi yarim yil davomida hududda notinç vaziyat saqlanib qolmoqda. Yanvar oyida şahardagi politsiya mahkamasida terakt uyuştirilişi oqibatida kamida 5 kişi halok bölgandi. Ötgan vaqt içida yana bir neça marta portlaşlar amalga oşirildi.

Bugun hujumga uçragan harbiylar va politsiyaçilar bir neça oy davomida hududda partiya a'zolariga qarşi amaliyotlar ötkazişgandi.