Olimlarning fikriça, har sakkizinçi ayol va har öninçi erkak  bepuştlikdan yoki farzandli bölişda jiddiy muammolardan aziyat çekadi va juftliklarning yarmi bu faktni şifokorlar hamda turmuş örtoqlaridan yaşirişadi. Tadqiqotning töliq matni Human Reproduction jurnalida berilgan. 

"Bizni hayron qoldirgan narsa şu böldiki, tadqiqotimizda iştirok etgan kişilarning yarmi özlarining fertillik borasidagi muammolarini bila turib, uni bartaraf qilişga harakat ham qilişmagan. Buning boisi jamiyatda unga bepuşt degan "yorliq" yopiştirilişi oldidagi qörquv yoki turli ijtimoiy-iqtisodiy omillar bölişi mumkin", - deya ma'lum qildi London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi vakilasi Jyessika Datta. 

Datta va uning hamkasblari Buyuk Britaniyadagi bepuştlik muammosining kölamini örganib çiqişdi, bunda ular reproduktiv yoşdagi 15 mingdan ortiq ayol va erkakning şaxsiy hayotini kuzatişdi va ular orasida sörovnoma ötkazişdi. 

Sörovnomalarga köra, taxminan 10 foiz erkak va 13 foiz ayol bepuştlikdan azob çekkan, ularning aksariyati 35-44 yoşli ayollar va 35-54 yoşdagi erkaklarga töğri keladi. 

Şunisi qiziqki, bepuştlik asosan badavlat kişilarning muammosi bölib çiqdi - yuqori ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega erkak va ayollar Buyuk Britaniyaning kambağal aholi qatlamidan çiqqan juftliklarga nisbatan sezilarli darajada muammolarga duç kelişgan. 

Diqqatga sazovor yana bir jihat şundan iborat bölganki, yoş ayollarda bepuştlikning rivojlanişiga ikki kutilmagan omil sabab bölgan - jinsiy hayotdan norozilik va ruhiy tuşkunlik. Olimlar nima sababdan bunday bölişini hozirça bilişmaydi, biroq ular bundan keyingi kuzatişlarida mazkur holatni örganib çiqişni rejalaştirişmoqda.