Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy JARda yangi sanoat parkini yaratish uchun 2,8 milliard dollar investitsiya qiladi
Xitoylik investorlar guruhi Janubiy Afrikada (JAR) sanoat parkini yaratish uchun 2,8 milliard dollar investitsiya qiladi. Bu haqida Bloomberg xabar berdi.
Energiya va metallurgiya sanoati bilan bog‘liq park ishlab chiqarish - sanoatini rivojlantirish va ishsizlikni kamaytirishga harakat qilayotgan mamlakat hukumatiga madad bo‘ladi.
Xrom, marganets, ko‘mir va ohak kabi minerallarga ishlov beruvchi zavodlar joylashgan parkni Hongkong birjasi boshchiligidagi konsorsium boshqaradi. JAR savdo va sanoat boshqarmasining ma'lumotlariga ko‘ra, bunday parkning yaratilishi 21 ming ishchi o‘rinlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Park Limpopo daryosi shimolidagi yangi maxsus iqtisodiy zona (MIZ) ichida barpo etiladi.
Teglar: JAR, sanoat parki, investitsiya
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026