Amerikaning Rambus kompaniyasining omadi kelgan körinadi. Gap şundaki, u orzudagi şartnomani imzolaşga muvaffaq bölgan. Xabarlarga köra, Boeing korporatsiyasi birmunça yangi turdagi hujumlardan himoya qiliş vositasini işlab çiqiş maqsadida Rambus kompaniyasining litsenziyasini xarid qilgan. Yangi texnologiya buziluvçi tizimlarning iste'moli va elektromagnit nurlari asosida işlab çiqariladi.
Rambus texnologiyasi fuqaro va harbiy samolyotlar hamda fazoviy qurilmalar bortidagi hisoblaş tizimlarini muhofaza qilişda qöllaniladi. Odatdagidek, şartnoma qiymati e'lon qilinmagan bölsa-da, Rambus özining “tilla baliği”ni tutganini anglaş qiyin emas. Çunki, AQŞ harbiy byudjyeti şunçaki yirik emas, balki juda ham yirik.

Aniqroq söz yuritiladigan bölsa, Boeing korporatsiyasi Rambusning DPA-hujumlar (differential power analysis – energiya iste'molining differensial tahlili)dan himoya qiliş texnologiyasiga litsenziyasini olgan. Uşbu turdagi hujumlar dastlab kredit kartoçkalarini buziş çoğida aniqlangan. Biroq, sönggi yillarda boşqa sohalarga ham tarqala boşladi. Umuman, bu turdagi hujumlar noan'anaviy kanallar orqali uyuştiriladi. Tizimning elektr iste'moli yoki elektrmagnit nurlarini tarqatiş tahlili, nazariy jihatdan iş faoliyati uçun zarur bölgan barça kalitlarni aniqlaş va keyinçalik nişonni işdan çiqariş imkonini beradi.
Şunisi qiziqarliki, aslida Rambus kompaniyasi ham ayni texnologiya uçun huquqni 2011-yili Cryptography Research kompaniyasidan sotib olgan edi. Öşa vaqtda, Cryptography Research texnologiyasi litsenziyasiga Atmel, Infineon, Microsoft, NXP, Raytheon, Renesas, Samsung, STMicroelectronics, Toshiba va Visa kompaniyalari ham egalik qilgan. Keyinçalik, Rambus tarkibida DPA-hujumlardan himoya qiliş tizimini Cisco Systems, Winbond va boşqalar xarid qildi. Boeing bilan imzolangan şartnoma esa, Rambus olib borayotgan muvaffaqiyatli siyosatning uzviy davomi böldi, deyişmoqda ekspertlar.
















