Ostonada Qozoğiston milliy geografiya jamiyati QazaqGeoning «Ulitau-Aral» ekspeditsiyasiga yakun yasaldi. Olimlarning ta'kidlaşlariça, çöl ortga çekinmoqda, Orol dengizi asta-sekinlik bilan tiklanmoqda, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz. 

Gidrobiologlar, geoinformatsiya tizimlari mutaxassislari, jurnalistlar, blogerlar, suratçilar va köngillilardan iborat 30 kişilik guruh uşbu ekspeditsiyani taşkil etib, kunduzlari 40 darajalik jazirma şaroitida 4 000 kmdan ortiq masofani bosib ötişgan. 

Ular, köplab inşootlar, hududlarga borib, ekofojianing oqibatlarini öz közlari bilan körişdi. Maşhur Borsakelmas oroli, Boyqönğir şahriga taşrif buyurişgan, qadimgi şahar Kerderi, Şimoliy Orolni örganib, Yangikent qal'a şahri vayronalarini borib körişgan. Şu bilan birga, ilmiy safarda qatnaşgan gidrobiologlar Orol dengizidagi ekologik vaziyat birmunça yaxşilanayotganini aytişgan.