Toşkent şahar Sirğali tumanidagi «Iste'molda bölgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori» MÇJda 2016 yil 14 iyul kuni «Zilzila va yonğin sodir bölganda fuqarolarni qutqariş, birinçi tibbiy yordam körsatiş hamda ularni xavfsiz hududga evakuatsiya qiliş işlarini taşkil etişda obekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalari harakatlari» mavzusida maxsus-taktik öquv maşqi ötkazildi. Bu haqda Özbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maxsus-taktik öquv maşqi ğoyasiga köra şartli ravişda zilzila sodir bölişi natijasida ma'muriy binoda yonğin sodir böladi. Binodagi xodimlar va moddiy-tovar boyliklar, şuningdek, avtoturargohdagi aholi hamda avtomaşinalar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi va yonğin bartaraf etildi.

Tadbir yakunida iştirokçilarga Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Qutqaruv otryadining zamonaviy qutqaruv asbob-anjomlari körgazmasi namoyiş etildi.