Rossiya Olimpiya qömitasining (ROQ) dopingga qarşi kuraşiş mustaqil komissiyasiga rahbarlik qilişga rozi bölgan, Xalqaro Olimpiya qömitasining faxriy a'zosi Vitaliy Smirnov bu komissiyaga Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi prezidenti (FIE) Alişer Usmonov, Rossiya merganlik ittifoqi prezidenti Vladimir Lisin va Rossiyaning xalqaro federatsiyalar va XOQdagi boşqa vakillari kirişi lozimligini aytdi. 

22 iyulda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ROQga doping böyiça taftiş ötkaziş uçun rossiyalik va xorijliklar iştirokida dopingga qarşi kuraşiş mustaqil komissiyasini tuzişni taklif qilgandi. 

"Keyingi hafta boşida mustaqil komissiyaning tarkibi böladi. Hozir men muzokaralar olib bormoqdaman, jumladan men XOQ va boşqa taşkilotlar vakillari bilan boğlanişga umid qilmoqdaman. Öylaşimça, ular bu fikrni qöllab-quvvatlaydilar. Öz nomzodlarimni berib, ular bilan gaplaşişni möljallamoqdaman. Biz 30 iyulda XOQ sessiyasiga boramiz, unda barça taşkilotlar rahbarlari uçraşadilar va muloqot qiliş imkoniyati böladi. 

Komissiyaning asosiy tarkibiga kelsak, biz u qanday bölişini taxminan tasavvur qilmoqdamiz. Şubhasiz, bizning XOQdagi vakillarimiz, xalqaro federatsiyalardagi odamlarimiz bölişi kerak. Lisin, Usmonov va yana bir neça kişi yuqori darajada bizning taşkilotlar manfaatlarini bildiradilar.  

Biz muammoning özini taftiş qilib, uni bartaraf etiş böyiça nimalar qiliş kerakligini tavsiya qilişimiz kerak", deb Smirnovning aytgan sözlarini " R-Sport" naşri keltirib ötdi.