Qoraqalpoğiston respublikasi Möynoq va Qönğirot tumanlarida «Sayğoqçi» maxsus yovvoyi tabiat qöriqxonasi taşkil etiladi, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz sayti Davlat tabiatni muhofaza qiliş qömitasi matbuot xizmatiga asoslangan holda.
Majmuaning taşkil etilişi Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 22-iyuldagi «Qöriqxona majmualari faoliyatini taşkil etiş va ularni barpo etiş bilan boğliq masalalarni tartibga soliş töğrisida»gi qarorida belgilab qöyilgan.
Uşbu qarorga muvofiq, yangi taşkil etiladigan qöriqxona majmuasiga sayğoqlar va boşqa nodir hamda kamyob jonivorlarning ösişi, yaşaşi va köpayişi uçun tabiiy maqbul şaroitlarga ega deb topilgan 628,3 ming gektar yer maydoni doimiy foydalaniş uçun beriladi.
Bundan taşqari, hududdagi xöjalik va boşqa turdagi faoliyatlarning salbiy ta'sirini kamaytiriş maqsadida 219,8 ming gektar yer maydoni qöriqlanuvçi hudud sifatida belgilangan. Mazkur hududdagi yuridik va jismoniy şaxslarga tegişli köçmas mulklar, yer uçastkalari öz egalari ixtiyorida qoladi.
Qömitada ta'kidlanganidek, maxsus majmuaning barpo etilişi bilan sayğoqlar va boşqa turdagi noyob hamda yöqolib borayotgan yovvoyi hayvonlar va ösimliklar sonining köpayişiga imkoniyat yaratiladi.












