Nyu-York şahrida paydo bölgan yuqori toifali ötov-mehmonxonada bir keça uçun har bir mehmondan 2 ming dollar pul olinadi. Bu haqda The Daily Mail naşri xabar bermoqda.
Oçiq osmon ostidagi noodatiy nomer Manhetten markazidagi mehmonxonaning 17-qavatida joylaşgan. Ötov atrofida çiroqlar örnatilgan bölib, mebellar bilan jihozlangan.

Dam oluvçilarga xonada gulxan yoqişga ham izn berilgan.
Loyiha mualliflarining aytişiça, ötov ovoz va şovqin ötkazmaydigan usulda qurilgan. Bu mehmonlarga “uyqu bilmas şahar” şovqin-suronidan dam olişga imkoniyat beradi.



















