Afğoniston ğarbidagi Hirot provinsiyasida sayyohlarga hujum uyuştirildi, natijada 10 kişi halok böldi, 5 kişi jarohatlandi. Bu haqida mahalliy hukumat vakili Farhod Qadimiy Sinxua agentligiga ma'lum qilgan.
“Bugun ertalab Çişti-Şafif tumani böylab harakatlanayotgan xorijiy sayyohlardan iborat ikkita mikroavtobus qurollangan kişilar hujumiga duç keldi. Buning natijasida 10 kişi halok böldi, 5 kişi jarohatlandi”, - deya ma'lum qildi Qadimiy.
Sayyohlar Bamian provinsiyasidan Hirotga qarab ketayotgan bölişgan, ularning ba'zilari Afğoniston xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qutqarilgan.
Mahalliy politsiya tergov işlarini boşlab yubordi. Halok bölganlarning qaysi davlat fuqarolari ekanligi haqida hozirça ma'lumot berilmadi.
Mintaqadagi heç bir radikal guruh hozirça hujum uçun mas'uliyatni öz zimmasiga olmadi.
















