Öğlidan ajralgan ona 17 500 untsiya kökrak sutini boşqa bolalarga taqdim etib, tarixda öz nomini qoldirdi. 

Demi Frendsen Nebraska ştatidagi Omaha bolalar şifoxonasi va Donorlik tibbiy markaziga 131 gallon kökrak sutini taqdim qilib, eng yirik miqdorda ona sutini topşirilgan şaxs sifatida tarixda qoladigan böldi. 

Bunday savobli işga qöl urişga Demi va Jyeff oilasidagi mudhiş voqea sabab böldi. Juftlikning öğli muddatidan 2 oy ilgari keserça kesiş orqali dunyoga keldi. Bola qorin böşliğidagi tuğma nuqson - gastroşizis bilan tuğilgan. Omaha bolalar şifoxonasining intensiv davolaş bölimi xodimlari Leoning hayotini saqlab qoliş uçun 10 oy davomida kuraşişdi. Biroq 2015 yilning 22 oktabrida u hayotdan köz yumdi. 

Farzandidan judo bölgan ona qiyin vaziyatda qolgan bölsa-da, özini qölga olib, şifokor-konsultant Tammi Li Martin tavsiyasi bilan kökrak sutini boşqa bemor gödaklarga tortiq qilişga qaror qildi. Şifokorning aytişiça, Demi ona sutiga muhtoj bolalarga yordam beriş uçun uning suti qançalik katta ahamiyatga ega ekanligini yaxşi tuşungan. 

"Men özim kabi qiyin vaziyatda qolgan onalarga yordam berişni xohlayman. Ularning hayotini saqlab qoliş uçun kiçik bölsa-da hissamni qöşsam, buni özim uçun faxr deb bilardim", - deydi Demi. 

Şifokor Martinning sözlariga köra, Leoning hayoti qisqa bölgan bölsa-da, u özidan keyin boşqa oilalarga yordam beradigan ajoyib tuhfa qoldirdi.