Fransiyaning Moviy sohillarida feyyerverkdan söng yuzaga kelgan vahima sabab ur-töpolon yuz bergan. Buning oqibatida 40 kişi jabrlangan. France Bleu radiosining xabar qilişiça, feyyerverkning portlaşi olomonda qöporuvçilik fikrini uyğotgan.

Xabarlarga köra, 14-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 22:30da Fransiyaning Juan-le-Pen kurort şahrida vujudga kelgan tartibsizlikka maşinadan uloqtirilgan feyyerverk sabab bölgan. 

Politsiya hodisa hujum emasligini tasdiqlab, biroq suriştiruv işlarini davom ettirayotganini ma'lum qilgan. 

Mahalliy naşrlardan birining yozişiça, odamlar köçalarda yugurib, yaqin oradagi restoran va barlardan boşpana izlaşgan.