15 avgust kuni köhna va qadimiy şahar Buxoroda boşlangan «Munozara» tögaraklari jamoalari örtasidagi III Respublika turniri öz nihoyasiga yetdi.

Uç kun davom etgan bellaşuvlarda jamoalar saralaş, çorak final, yarim final bahslarida öz qobiliyatlarini namoyon etişgan bölsa, Buxoro Muhandislik-texnologiya institutida «Inson kamolotida ijtimoiy muhit muhim» mavzusida ötgan final bellaşuvi esa qizğin taassurotlarga boy böldi.

Turnirning yakuniy natijalarga köra, Surxondaryo va Xorazm viloyati jamoalari 1 örin, Toşkent viloyati 2 örin hamda Andijon viloyati jamoasi 3 örin ğolibi deb topildi. Ular diplom, statuetka, qimmatbaho esdalik sovğalari hamda «Kamolot» kutubxonasi kitoblari bilan taqdirlanişdi.

Şuningdek, turnir davomida özining yuksak söz san'atini namoyon etgan hamda çiroyli öyin körsatgan 3 nafar eng yaxşi notiqlar aniqlandi. Qaşqadaryo viloyati jamoasi a'zosi Hamdamov Doston «Eng yaxşi 1-notiq», Farğona viloyatidan Qurbonov Qiliçbek «Eng yaxşi 2-notiq», Navoiy viloyati jamoasi a'zosi Umrzoqova Nodira esa «Eng yaxşi 3-notiq» nominatsiyalariga munosib körildi.