«Ohangaronsement» AJ tabiiy boyliklar mavjud bölgan hududlardan foydalaniş huquqini qölga kiritdi. Kompaniya ma'lumotlariga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rudasiz foydali qazilma uçastkalaridan foydalaniş litsenziyasini beruvçi komissiyasi  «Ohangaronsement» AJga litsenziya taqdim etgan.

Xususan, kompaniya Urğoz konida ohaktoşlarni va Karaxtoy konida andezibazaltlarni qazib olişi mumkin. 

«Ohangaronsement»  AJ Özbekistonning sement işlab çiqaruvçi yirik sanoat korxonalaridan biridir. Kompaniya mamlakat sement işlab çiqariş sohasida tayyor mahsulot hajmi böyiça ikkinçi örinda turadi.