Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida ötkazilgan XXXI yozgi Olimpiya öyinlarida Fazliddin Ğoibnazarov oltin medalni qölga kiritdi. 64 kilogramgaça bölgan vazn toifasida kuç sinaşgan sportçi 2:1 hisobi bilan ozarbayjonlik Kollazo Sotomayor ustidan ğalaba qozondi.

Quyida uning jangi, hayajonli daqiqalar tasvirlarini yana bir bor eslab ötamiz.

Bu jang turnir sensatsiyasiga aylandi. Özbekiston delegatsiyasi olimpiadaning oxirgi kuni bahslari arafasida 9ta medal (2ta oltin, 2ta kumuş va 5ta bronza) va delegatsiya 32-örinda joylaşgandi. Oxirgi kundagi imkoniyatlardan esa maksimal ravişda foydalanildi va medallar soni 13taga yetkazildi (4ta oltin, 2ta kumuş va 7ta bronza).

Fazliddin Ğoibnazarov öz jangida ğalaba qozongan holda Özbekiston boksçilarini birinçi öringa, Özbekiston delegatsiyasini esa medallar hisobi böyiça umumiy reytingda 21-öringa olib çiqişi mumkin edi. Borini maydonga taşlagan va oxirgi soniyalarga qadar tinim bilmay kuraş olib borgan Fazliddin Ğoibnazarov bu vazifani töla-tökis bajardi.

Jangning birinçi raundida hakamlar ustunlikni Ozarbayjon vakiliga berişdi. Ikkinçi raund Ğoibnazarovning töla ustunligida ötdi va umumiy hisob tenglaşdi. Uçinçi raund tugaganida esa sportçilar ham, muxlislar ham natijalar e'lon qilinişini intiqib kutişdi va Ğoibnazarov ğolib deb e'lon qilingaç, bayram boşlandi.