Afğoniston maxsus kuçlari mamlakat poytaxti Kobuldagi Amerika universitetiga hujum qilgan ikki nafar qurollangan kişini yöq qildi, deb xabar qilmoqda Reuters axborot agentligi.
«Otişma tugadi, kamida ikki jinoyatçi öldirildi», — deyiladi xabarda.
Agentlik ma'lumotlariga köra, «hozirda tozalaş işlari olib borilmoqda» va «tez orada boşqa tafsilotlar xabar qilinadi». Qayd etilişiça, jabrlanganlar orasida xorijliklar yöq.
Avval xabar berilganidek, Kobuldagi Amerika universitetiga uyuştirilgan qurolli hujum oqibatida kamida bir nafar talaba halok bölgan.

















