Birinçi Apple kompyuteri – Apple 1’ning prototipi auksionda 815 ming dollarga sotildi.
Ma'lum qilinişiça, Stiv Voznyak va Stiv Jobs 1976 yilda bunday prototiplardan 200 taga yaqinini yaratgan. Auktsionda sotilgan nusxa özidan faqat platani namoyon qiladi, uning na monitori, na tizim bloki bor.

Auktsionni uyuştirgan Charitybuzz jamğarmasi prototipni sotişdan 1 mln dollar qölga kiritmoqçi bölgan, biroq oxirgi berilgan narx 815 ming dollarni taşkil qildi. Olingan pulning öndan bir qismi leykemiya va limfoma kasallarini örganiş uçun ajratiladi. Qurilmani sotib olgan Glenn va Şennon Dellimor öquvçilarni ilhomlantiriş uçun kompyuterni maktab va universitetlarda namoyiş qilişmoqçi.















