Amerikaning Yuta ştatida yaşovçi Barbara Myorfi byurokratik xato qurboniga aylangan, natijada hukumatning elektron tizimi 2014 yilda uni öliklar qatoriga qöşib qöygan. Bu haqida The Independent xabar berdi.
2014 yilning iyulida tizim kompyuterga Myorfining ölimi haqida ma'lumot kiritganidan keyin nafaqaxörning suğurta kompaniyasiga şunga doir xabar jönatilgan. Buning natijasida ayolning ijtimoiy suğurta polisi bekor qilingan va bank hisob raqamlari muzlatib qöyilgan.
Şunday bölsa-da, ayol bir muddat nafaqa puli olişda davom etgan, lekin pul kelişi töxtagandan söng u Ijtimoiy ta'minot boşqarmasiga murojaat qilgan, davlat esa uning oilasidan olingan barça pul vositalarini qaytarişni talab qilgan.
Myorfi vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida ijtimoiy ta'minot idorasida elektron navbatga tura olmagan, zero uni ölgan deb hisoblovçi tizim nafaqaxörga talon berişdan boş tortgan. Bundan taşqari, ayol uzoq vaqt davomida xaridlari uçun heç bir bank kartasi orqali hisoblaşa olmagan.
Natijada davlat ayolni “tiriltiriş” va u suğurta böyiça davolangan tibbiyot muassasalaridan barça pul da'volarini qaytarib olişga va'da berdi.













