Sport gimnastikasi böyiça yetti karra Olimpiya çempioni çexoslovakiyalik Vera Çaslavska 75 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi.
Çaslavska özining yettita oltin medali bilan Olimpiadada iştirok etib, eng köp yutuqlarga erişgan çexoslovakiyalik sportçi hisoblanadi. Şu bilan birga u tört karra jahon çempioni va köp karra Yevropa çempioni hamdir.
Sportdagi faoliyatini tamomlagandan söng 1990-1996 yillar davomida Çaslavska Çexiya Milliy Olimpiya Qömitasi (MOQ) prezidenti lavozimini egallagan. 1995-2001 yillarda esa Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) a'zosi hisoblangan.

















