«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi 5 sentabrdan yangi Boeing 787−8 Dreamliner samolyotida muntazam parvozlarni amalga oşirişni boşlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilgan.
Boeing-787 Dreamliner içki reyslarni bajarişda foydalaniladi.
5 sentabrdan samolyotlar Toşkent—Urganç—Buxoro—Toşkent va Toşkent—Nukus yönalişida parvoz qiladi.
Ikki «Orzular layneri»ning birinçisi Toşkentga 31 avgust kuni tongida Sietldan (AQŞ) uçib keldi.
Yaqin kunlarda ikkinçi laynerning ham yetkazib berilişi kutilmoqda.
Boeing 787 Dreamliner — keng fyuzelyajli ikki motorli reaktiv yölovçi samolyoti. Yölovçilarning maksimal soni: 250 nafardan 330 nafargaça.
Boeing kompaniyasining ta'kidlaşiça, Dreamliner avvalgi samolyotlarga qaraganda ança tejamkor böladi. Boeing 787 bunday ölçamdagi ilk yölovçi samolyoti böldi, uning fyuzelyaji töliq kompozit materiallardan tayyorlangan.
Parvozlar jadvali bilan uşbu havola orqali batafsil tanişiş mumkin.

















