Amerikaning Boeing korporatsiyasi va Özbekiston milliy aviakompaniyasi (Uzbekistan Airways) Boeing-787 Dreamliner samolyotlari şassisini almaştirişga kelişib oldi. Bu haqda Boeing rasmiy saytida xabar berilgan.

Özbekiston aviakompaniyasining umid qilişiça, Boeing zarur bölganda şassini tez va işonçli almaştirişni ta'minlab beradi, deya ta'kidlanadi xabarda. Şartnoma texnik xizmat körsatiş vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi, aviakompaniyaga samolyotlarni foydalanişga tezkor qaytariş va öz resurslarini asosiy operatsiyalarga qaratişga yordam beradi.

Uzbekistan Airways samolyotlari 40 dan ortiq yönaliş böyiça parvoz qiladi va 20 yildan oşiq vaqt mobaynida Boeing mijozi hisoblanadi. Birgalikda kompaniyalar Toşkentdagi umumiy ta'mirlaş ustaxonasini boşqaradi.

2016 yilda Özbekistonda Boeing 787 Dreamliner avialayneri foydalanişga qabul qilib olindi. Ötgan may oyida MAK uçinçi Dreamliner’ni sotib oldi.

Özbekiston birinçi prezidentining samolyoti sotildi