Asrlar oşa şakllangan ikki ğildirakli harakat vositasiga qanday yangilik kiritiş mumkin? Velosipedning elektr dvigatelli, turli navigatsiya va yordamçi gadjyetli bir qator turlari mavjud, lekin heç kim zamonaviy texnologiya yutuqlarini velosiped detallarini işlab çiqişda qöllaş haqida öylab körmagan. Belgiya kaşfiyotçilari bundan istisno.
Bunday ixtiro uçun Flam王D (Flame 3D) nomli kompaniyalar guruhi mas'uliyatni öz zimmasiga oldi. Barça detallar 3D printerda bosib çiqarilgan, velosipedga esa ajabtovur王-Bike nomi berildi.
Tuzilma öta mustahkam polimerga asoslangan, u velosiped ramalarini işlab çiqarişda qöllanadigan har qanday zamonaviy alyuminiy qotişmadan yengilroq va mustahkamroq. Velosipedning deyarli barça qismlari şu polimerdan işlab çiqilgan, ular oğirlik va kuçli zarbalarga çidamlidir.
Kaşfiyot mualliflari batafsil ma'lumot uçun maxsus video taqdim etişdi.

















