Samarqand şahri markazidagi qadimiy Registon maydonida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov bilan vidolaşiş marosimi bölib ötdi.
Marosimda iştirok etiş uçun Islom Karimovning tuğilib-ösgan şahriga Özbekistonning davlat, jamoatçilik va diniy arboblari, şuningdek, bir qator mamlakatlar va xalqaro taşkilotlarning yuqori lavozimli vakillari taşrif buyurdi.
Tillakori masjidida marhumga janoza namozi öqildi. Janoza Özbekistonning boş muftiysi Usmonxon Alimov tomonidan öqildi. Mamlakat telekanallarida marosimdan lavhalar efirga uzatildi.
Marosimda Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani, Qozoğiston boş vaziri Karim Masimov, Qirğiziston boş vaziri Söronboy Jyeyenbekov, Gruziya boş vaziri Georgiy Kvirikaşvili, Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif, BAA davlat vaziri Raşid bin Ahmad bin Fahad, MDH ijroçi kotibi Sergey Lebedev va boşqalar iştirok etdi.
Janoza namozi öqilganidan söng Samarqandning minglab aholisi va mehmonlari iştirokidagi marosim Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov musulmonçilik rasm-rusumlariga binoan dafn etilgan Şohi Zinda majmuasida davom ettirildi.
Şundan söng, marhumning tanasi 21 metrlik kafanga örab sağanaga qöyildi. Sağanani prezidentning yaqin kişilari qölda kötarib Registon maydonidan Şohi Zinda qabristonigaça olib borişdi.
Islom Karimov, uning ota onasi va akalari kömilgan Hazrati Hizr qabristoniga dafn etildi.
Bungaça 3 sentabr tongida Toşkent şahri aholisi Özbekiston respublikasining birinçi prezidenti Islom Karimovni sönggi yölga kuzatiş uçun köçalarga çiqib, u bilan vidolaşgandi.
Özbekistonning birinçi prezidenti tobuti örin olgan kortej sönggi bor Toşkent köçalari böylab ötib aeroportga yetkazildi, u yerdan esa samolyot tobutni olib Samarqandga uçdi.

















