Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova sönggi kunlardagi vaziyatga öz munosabatini bildirib, videomurojaat yozdi. Quyida e'tiboringizga xonandaning sözlari havola etiladi.

“Aziz, yurtdoşlarim! Avvalambor hammamizga Olloh sabr bersin. Haqiqatdan, hammamiz oğir kunlarni boşdan keçiryapmiz. 25 yildan beri boşimizda turgan sevimli, hurmatli Prezidentimizdan ajralib qoldik. Olloh rahmatiga olgan bölsin. Yurtboşimiz vafot etganlari bilan, ularning qurgan tizimlari davom etadi. Ular özlaridan keyin yiğlaydigan iş taşlab ketganlari yöq. “Yaşanglar, bolalarim”, deganlar. Demak, biz şunday qilişimiz kerak, biz tinçlik-xotirjamlik tarafdorimiz.

Bu borada muxolifatçilarga aytar gaplarim bor. Muxolifatçilarning yozayotgan gaplari heç aqlga siğmaydigan gaplar, boz ustiga mening qöşiqlarim bilan boğlab yozganlari ham bor. Men heç qaçon heç kimning quroli bölgan emasman. Men hamişa xalq tarafdaman! Xalqni boşiga iş tuşganda men maydonga çiqaman (Ilohim tuşmasin). Xalqimga boşim yerga tekkunça ta'zim qilaman.

Butun dunyo, barça podşohlar “bizni ham şunday kuzatişarmikan?”deya havas qildi. Muxolifatçilar xursand bölmasin. Ularni qilmagan işi qolmadi, Turkiyaga borganimda “biz taraf böling” deb, eşigimni tagiga xat taşlab ketgan paytlari ham böldi. Demak, siz xotirjam emassiz, hali ham bir közingizni bu yerga taşlab ötiribsiz. Bu xalq uçunmi yo taxt uçunmi?! Özingizni qoringizni özingiz kurang, meni tortişning keragi yöq. Yodingizda bölsin, men xalq va haq tarafdaman! Har kuni ertalab turib, nevaralarimni quçoqlayman. Menga bundan ortiq nima kerak? Bemalol oilam bilan qornim töq ötirsam, menga sizlarning heç narsangiz kerak emas. Menga sizlarga öxşaganlarning qarsagi ham kerak emas. 

Xalqimizga murojaat qilmoqçiman. Internet tarmoqlarida har xil narsalar çiqib yotibdi. Ba'zilar buni körib, töğri xulosa çiqarişi mumkin, ba'zilar esa tuşunmay, xato qilişi mumkin. Mana şunday paytda xalqimizning birligiga dunyo havas qildi. Sizlarga köz tegmasin, özbegim! Telefonda hattoki mening rasmimni qöyib “yiğlamadilar” deb yozganlar ham böldi. Men Qur'on tilovat qilib, haqlariga duo qilyapman. Boşimdan ötganini özim bilaman, yonimdagilar körib turibdi.

 Dodamiz qöllaridan kelgança halol mehnat qilib ketdilar. Qaysi davlatning rahbari bu bilan faxrlana oladi?! Şogirdlari ham juda çiroyli ta'ziya ötkazişdi. Muxolifatçilar, agar xalqni öylab, yozayotgan bölsa, unda nima uçun xalqning tinçligini öylamayapsizlar?! Nima uçun Yulduz qurol bölişi kerak? Ovora bölasizlar! Men xalq tinçligi uçun nima kerak bölsa, şuni qilaman. Menga har qança gapirdingiz deylik, lekin yurtimga biror nima qilsangiz, qarşingizda meni körasiz, bilib qöying! Men şu yurtga, şu xalqqa xizmat qilaman. Agar meni xalqqa qarşi qilaversangiz, yurtning tinçligini buzsangiz, qarşingizda meni körasiz! Örtaga nizo solaman deb ovora bölmang. Agar özingizni olijanob inson deb hisoblasangiz, közguga qarab, özingizga savol bering: “Men özim nima qildim?” Hamma joyda suv bir loyqalanib tinadi, lekin sizlar tinmabsizlar. Mening köz öngimda umuman yöq böldingiz, qum böldingiz!