Tuva Respublikasida yaşovçi maktab öquvçisi otasining avtomobilini boşqarayotib, 9 yoşli bolani bosib ketdi. Bu haqida Respublika IIV ma'lumotiga asoslanib, RIA “Novosti” xabar berdi.
Yöl-transport hodisasi yakşanba kuni keçqurun Barun-Xemçik hududida sodir bölgan.
“Barlik qişloğida yaşovçi 11 yoşli maktab öquvçisi Toyota Caldina avtomaşinasini boşqarayotib, uyi oldida aylanma harakatlangan va öşa yerda öynab yurgan 9 yoşli bolani bosib ketgan. Hozirgi vaqtda bola şifoxonaning jarrohlik bölimiga yotqizilgan”, - deyişdi matbuot xizmatida.
Voyaga yetmagan qonunbuzarning otasiga nisbatan boşqariş huquqiga ega bölmagan şaxsga transport vositasini topşiriş haqidagi moddaga binoan ma'muriy protokol tuzilgan. Qizning onasiga nisbatan ham tarbiyaviy majburiyatlarini bajarmagani uçun ma'muriy çora körilgan.

















