Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paralimpiya o‘yinlari. O‘tkirjon Nig‘matov O‘zbekiston delegatsiyasiga yana bir oltin medal keltirdi
Foto: OlympicUz
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi hisobiga dzyudochilar jamoasi navbatdagi medalni taqdim etdi.
Erkaklar o‘rtasida 66 kg. vazn toifasida ishtirok etgan O‘tkirjon Nig‘matov paralimpiya o‘yinlarida chempion bo‘ldi.
U chorak finalda kubalik dzyudochini "vazari" bahosi bilan mag‘lub etdi. Yarim finalda esa ukrainalik David Xoravaga qarshi bahs muddatidan oldin qayd etilgan g‘alaba bilan yakunlandi.
Nig‘matov hal qiluvchi bahsda ozarboyjonlik Bayram Mustafoyevni ippon bilan mag‘lubiyatga uchratdi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Mavzuga oid
11:30 / 18.02.2026
Rossiya va Belarus paralimpiyachilari o‘z mamlakatlari bayrog‘i ostida ishtirok etadi
16:18 / 30.08.2024
Paralimpiya o‘yinlari. Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritdi
17:48 / 03.09.2021
Paralimpiya. Safiya Burxonova O‘zbekistonga yettinchi oltin medalni taqdim etdi
17:23 / 02.09.2021