Angola Xitoyga neft yetkazib beriş böyiça Saudiya Arabistoni va Rossiyani ortda qoldirdi. Bundan OPeKning sentabr oyida çop etilgan hisoboti darak bermoqda. Angola iyul natijalariga köra, Xitoyga kuniga örtaça 1,1 mln barrel, ya'ni iyundagiga nisbatan 207 ming barrel köproq neft yetkazib bergan.
2-örinni kuniga örtaça 950 ming barrel neft yetkazib bergan Saudiya Arabistoni egallagan. OPeK hisobotida Rossiya böyiça oylik ma'lumotlar keltirilmagan, biroq Xitoy bojxonasi ma'lumotlariga köra, Rossiya joriy yilning dastlabki 7 oyi natijasiga köra Xitoyga neft yetkazib beriş böyiça 2-örinni egallagan (29,5 mln tonna). 2016 yilning dastlabki 7 oyi böyiça 1-örinni Saudiya Arabistoni (30,48 mln tonna), 3-örinni Angola (26,94 mln tonna) egallagan.
Iyul natijalariga köra, Xitoy iyunga köra kuniga 136 ming barrel kamroq neft import qilgan. Yillik hisobda esa Xitoyda neft importi 1 foizga oşgan.

















