"Telba Maks: Ğazab yöli" filmidagi avtomobil poygasi sahnasi kompyuter grafikasisiz körsatildi. Uşbu rolik ESPORTS TV'ning YouTube-kanalida namoyiş etildi.
Ötgan yilning may oyida çiqqan bu film rejissyor Jorj Miller tomonidan tasvirga olingan. Undagi boş rollarni Tom Hardi va Şarliz Teronlar ijro etişgan. Kartina 1979 yilda Mel Gibson iştirokida suratga olingan filmning davomi hisoblanadi.

Mazkur film "Oskar" mukofotining 10 nominatsiyasiga qöyilib, 6 tasida ğoliblikni qölga kiritgan: "Eng yaxşi liboslar", "Eng yaxşi montaj", "Eng yaxşi grim va turmaklar", "Eng yaxşi tovuş", "Eng yaxşi tovuş montaji" va "Eng yaxşi postanovkaçi rassom işi".
"Telba Maks" dunyo prokatida 374 million dollar töplagan. Film byudjyeti 150 millionni taşkil qilgan, yana şunça mablağ reklama kampaniyasiga sarflangan.

















