Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) özbekistonlik tennis arbitrlari Şerzod Hasanov va Arxip Molotyaginni bir umrga diskvalifikatsiya qildi. Federatsiya matbuot xizmati xabariga köra, ular mas'ul şaxslar fe'l-atvori kodeksini buzib, bahslar vaqtida uçinçi tomon bukmekerlik öyinlarida manfaat körişi uçun ğirrom işlaganlikda ayblangan.

Hakamlar "Fyuçers" turniridagi musobaqalarda uçinçi tomonning bukmekerlik muassasalarida pul tikib, ğolib bölişiga yordamlaşiş maqsadida hisobga özgartiriş kiritişni ataylab töxtatib turişgan va mobil telefonlari orqali turli qinğirliklarni amalga oşirişgan.

Hakamlarning çetlaştirilişi zudlik bilan kuçga kirdi. 

Endi bu şaxslar hakamlik sertifikatlaridan mahrum qilindi va endi heç qaçon ITF, professional tennisçilar uyuşmasi (ATP) hamda Ayollar tennis uyuşmasi (WTA) şafeligidagi turnirlarda hakam sifatida iştirok eta olmaydi.