Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining eksportini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi tadbirkor va fermerlarga yaqindan kömaklaşiş maqsadida hududlarda qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksportga çiqariş masalalariga bağişlangan seminarlar ötkazdi.
    
– Mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştirişga ixtisoslaşgan tumanlarda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ötkazilgan seminarlarda tadbirkor, fermerlarni mahsulotlarni eksportga tayyorlaş, işonçli xaridorlar topiş, xorijiy körgazma va yarmarkalarda qatnaşiş borasidagi yangiliklar bilan yaqindan taniştirdik, – deydi jamğarma bölim boşliği Marat Jörayev. – Eksport şartnomalarini tuziş, mahsulotlarga sertifikat va litsenziyalar oliş, logistikani taşkil qiliş hamda bojxona rasmiylaştiruvi böyiça  amaliy bilim va könikmalarini yanada boyitdik.

Jahon bozorida biror mahsulotga xaridor topiş oson iş emas. Bunda yuqori sifat va qulay narx muhim ahamiyatga ega. Yurtimizda  yetiştirilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlarining bunday sifatlarga egaligi meva-sabzavot, poliz ekinlariga talabning ortişiga sabab bölmoqda. 

Mamlakatimiz örik, olxöri, uzum, yonğoq, karam va boşqa köplab meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş hajmi böyiça dunyoda yetakçi önta davlat qatoriga kirdi. Zero, yurtimizda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, sanoat usulida çuqur qayta işlaş va içki iste'moldan ortiq qismini eksport qiliş masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. 

Yetiştirilayotgan mahsulotlar jahon bozorida munosib örin egallaşi, eksport faoliyatiga yangi tadbirkorlarni jalb qiliş hamda ularning salohiyatini oşirişda Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining eksportini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi özining munosib hissasini köşmoqda.

2016 yilning ötgan davrida jamğarma tomonidan 625 qişloq xöjaligida band fermer va tadbirkorlik sub'yektiga öz mahsulotlarini eksport qilişda taşkiliy, huquqiy va moliyaviy xizmatlar körsatilib, buning natijasida 176 tadbirkorlik sub'yekti tomonidan 255 million dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

Şahrisabz tumanidagi “Şahrisabz meva-sabzavot” agrofirmasi şu yili ta'sis etilgan. Uning faoliyati asosan qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportiga ixtisoslaşgan. Agrofirmaning 2016 yilga möljallangan manfaatli şartnomalari umumiy summasi 20 million dollarni taşkil etmoqda.

Xorijliklar yurtimizda yetiştirilgan kökatga ham katta qiziqiş bildirmoqda. Misol uçun, Ğuzor tumanidagi “Lavr farm” mas'uliyati çeklangan jamiyati Ukrainaga quritilgan şivit eksport qiliş böyiça kelişuvga erişgan. Bu qiymati 1 million 200 ming dollarlik manfaatli şartnomalardan biri, xolos.