XXR Davlat kengaşi rahbari Li Ketsyan BMT Boş Assambleyasi 71-sessiyasi doirasida amerikalik tadbirkorlar bilan uçraşuvida 13 yil davomida amalda bölgan AQŞ göştiga örnatilgan taqiqni bekor qiliş rejasi xususida söz yuritdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal naşri.
«Biz AQŞ mol göştining sifati juda yaxşi ekanini bilamiz, şunday ekan xitoylik iste'molçini bu tanlovdan mahrum etişning nima keragi bor?», — degan Li Ketsyan.
Davlat kengaşi rahbari taqiqning bekor qilinişi muddatiga oydinlik kiritmagan, biroq, avvalroq savdo guruhlari AQŞ mol göşti importini 2016 yil oxirigaça boşlanişini kutayotgani ma'lum bölgandi.
Xitoy 2003 yili AQŞda «qoramol quturişi» kasalligi tarqalgani sababli, mol göşti importiga taqiqni joriy qilgan edi.

















