AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod hisoblangan Donald Tramp Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintondan 7 foizga özib ketmoqda.
The Los Angeles Times gazetasi va Janubiy Kaliforniya universitetining tadqiqot xizmati tomonidan ötkazilgan umummilliy sörovnoma natijalariga köra, 48 foiz respondentlar Trampni, 41 foizi esa Klintonni qöllab-quvvatlaşga tayyor.
Quyidagi Reuters tomonidan taqdim etilgan fotogalereyada Trampning tarafdorlari bölgan amerikaliklarni turli qiyofalarda köriş mumkin.

Donald Tramp Mayamidagi saylovçilar qarşisida

Manhetten, Tramp Tauer. Lift xodimi eşikni yopmoqda, uning ortida Donald Tramp yozuvi

2016 yil, 23 aprel. Trampning saylovoldi kampaniyasi jarayonlari Ostin şahrida

11 yoşli Milli Març şunday oyoq kiyimlarida yurişni tanladi

Donald Trampning miçiganlik tarafdori

Ayova. Uylardan biriga Trampning ulkan surati örnatilgan

Frederiksburgda istiqomat qiluvçi 8 yoşli Kol Brayd Trampni qöllab-quvvatlaydi





















