2016 yilning 22 sentabr kuni Nyu-York şahrida Özbekiston respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov AQŞ Davlat kotibi Jon Kerrining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Tomas Şennon bilan uçraşdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Vazir Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovning vafoti munosabati bilan AQŞ prezidenti Barak Obama tomonidan bildirilgan hamdardlik uçun Özbekiston rahbariyati nomidan AQŞ tomoniga minnatdorçilik izhor qilgan.
Muloqot çoğida Özbekiston-AQŞ kun tartibining dolzarb masalalari va munosabatlarni yanada rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşilgan.
Uçraşuvda ba'zi xalqaro va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilingan.

















