Xitoyda quyoşdan himoyalaniş uçun soyabon va quyoşdan saqlovçi közoynaklarda intervyu olgan ayol jurnalist işidan çetlatildi. 

Voqea Syamin şahrida yuz berdi. Nomi oşkor qilinmagan jurnalist "Meranti" töfonidan keyin vayronalarni tozalaşda iştirok etgan köngillidan intervyu olgan.

Ta'kidlanişiça, jurnalistning taşqi körinişi u intervyu olayotgan odamnikidan keskin farq qilgan. Ayol noprofessionallikda, didsizlik va suhbatdoşiga hurmatsizlikda ayblangan.

"Jurnalistlarimizdan biri qoidalarni buzdi va intervyuni risoladagidek ololmagan. U kasbining nufuziga putur yetkazdi va tomoşabinlarda salbiy fikrlar uyğotdi", deb aytildi ayol işlagan telekanal rahbariyati bergan bayonotda.   

Şu bilan birga ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari uşbu voqeaga turliça fikr bildirişgan. Ba'zilar muxbirni tanqid qilişgan, ba'zilar aksinça unga yon bosişgan. "Jurnalist bölib işlaş naqadar oğirligini bilganingizda, siz uning buyumlariga e'tibor bermagan bölardingiz", deb yozgan mahalliy ijtimoiy tarmoq Weibo foydalanuvçilardan biri.  

Muxbir yana işiga qaytişi mumkinligi haqida heç narsa aytilmagan.

"Meranti" Xitoyda oxirgi 20 yil içida yuz bergan eng kuçli töfon böldi. Şamol tezligi soniyasiga 100 metrga yetgan. Tsiklon Xitoyning qit'adagi qismi va Tayvanda katta vayronagarçiliklarga olib kelgan.