Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik Kodeksiga, Yöl harakati qoidalariga rioya qilmagan piyodalarga ma'muriy jazolarni tayinlaşni kengaytiruvçi töldirişlar kiritildi. Mazkur tuzatişlar töğrisidagi qonunni 2016 yil 23 sentabr kuni Prezident vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev imzolagan. U, 24 sentabrdan kuçga kiradi, deya xabar qilingan Xalq sözi gazetasida.
Kodeksning yangilangan 138 moddasiga muvofiq, endilikda, piyodalarning avtomobil qatnov qismini kesib ötiş çoğida, telefondan foydalanişi, kitob, davriy naşrlar öqişi, video yoki audiomateriallarni körişi va tinglaşi hamda diqqatni susaytiruvçi boşqa elektron jihozlardan foydalanişi, bu holat maxsus piyodalar ötiş joyida amalga oşirilgan taqdirda ham eng kam oylik iş haqining uçdan biri (1 oktabrdan — 49925 söm) miqdorida jarima solişga asos böladi.
Bundan taşqari, yölovçilarning qöldan boşqa tana a'zolarini yoki qismini transport vositasining harakati çoğida salon taşqarisiga çiqarişi eng kam oylik iş haqi miqdorida (1 oktabrdan 149775 söm) jarima solinişiga sabab böladi.

















