Avval xabar berganimizdek, Özbekiston sportçilari Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida ötgan XV Paralimpiya öyinlarida 8 oltin, 6 kumuş va 17 bronza medalni qölga kiritib qaytişgan edi.

Joriy yilning 24 sentabr kuni uşbu nufuzli musobaqada Qaşqadaryo viloyatidan iştirok etgan sportçilarini tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi. Şu munosabat bilan sportçilarimizni kutib olişga davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, “Kamolot” faollari, sportçilar, paralimpiyaçilarimizning ota-onalari, OAV vakillari yiğildi.

Joriy yilgi sport mavsumida Özbekiston farzandlari dunyoning nufuzli musobaqalari - XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya öyinlarida butun jahonga mamlakatimizning ulkan salohiyatini namoyon qildi. Ajdodlari buyuk millatning avlodlari ham buyuk işlarga qodirligini, yurtimiz yoşlarining mardlik va jasoratda, şijoat va matonatda, iqtidoru iste'dodda heç kimdan kam emasligini, aksinça, manaman degan davlat yoşlaridan ustun ekanini isbotladi.

- Sportçilarimizning Paralimpiya öyinlaridagi har bir çiqişini katta hayajon bilan kuzatib bordik, - deydi kutib olişga çiqqan nuroniylarimizdan biri. - Bu natijalar, medallar mustaqilligimiz asosçisi, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantiriş borasida amalga oşirilgan ulkan islohotlar mevasidir.

Tantanali marosimda sözga çiqqanlar paralimpiyaçilarimizning bu yuksak ğalabasi xalqimizga çeksiz ğurur-iftixor bağişlaganini, mamlakatimizda mustaqillik yillarida sportni rivojlantirişga, bu jarayonda jismoniy imkoniyati çeklangan sportçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratgan e'tibor va ğamxörlikning ulkan samarasini butun dunyoga namoyon qilganini alohida ta'kidladilar.

Paralimpiya öyinlari ğolib va ­sovrindorlari, iştirokçilari, ularning ota-onalari va murabbiylari Qarşi şahrida qad rostlagan Amir Temur köprigi böylab sayohat qildilar.