Qohira jinoyat sudi 24 sentabrda 7 nafar sudlanuvçini politsiya generalini öldirganlik va terrorçilik faoliyati uçun qayta ölim jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda "Youm7" yangiliklar portali. Yana 5 nafar sudlanuvçi 10 yilga qamoq jazosi oldi, bir nafari oqlandi. 

Sudlanuvçilar 2013 yil sentabrda Qohira yaqinidagi Al-Giza viloyatida politsiyaçilarga hujumni rejalaştirgan va amalga oşirgan guruh tarkibiga kirgan. Hujum vaqtida yuqori lavozimdagi politsiya zobiti öldirilgan.

2014 yilda bölib ötgan birinçi instansiya sudi 12 sudlanuvçini ölim jazosiga va 10 nafarini umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgan, bir nafarini oqlagan. Öşanda 13 nafar sudlanuvçi yuzma-yuz sudlangan, ular hukm yuzasidan apellyatsiya berişgan. Bu apellyatsiya qabul qilinib, işni qayta köriş belgilangan. Qayta sud jarayoni böyiça hukm 24 sentabrda çiqarildi.