Özbekiston va Turkmaniston turkman temir yöllari yönaliş vagonlarini modernizatsiya qiliş va ta'mirlaş hamda turkman aviayöllariga qaraşli aviaparklar uçun özbek korxonalarining xizmatini yölga qöyiş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Toşkentda 26 sentabr kuni ötkazilgan Özbekiston—Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining yiğilişi vaqtida transport sohasida hamkorlikni kengaytiriş, xususan, tranzit yuk taşiş borasida özaro imtiyoz va yengilliklar taqdim etiş muhimligi, bu ularning hajmi ortişiga olib kelişi ta'kidlandi.
Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi matbuot xizmati ma'lumotiga köra, yiğilişda taşqi savdo yuklarini tranzit taşişda özaro preferensiyalarni taqdim etiş yöli bilan transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari ham muhokama qilindi.
Toşkent vagonsozlik va ta'mir zavodi bazasida turkman temir yöllarining harakatdagi tarkibini modernizatsiya qiliş va ta'mirlaş sohasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik hamda iqtiqbolli aloqalar qayd etildi.
Bugungi kunda tomonlar turkman vagonlarini Toşkent vagon quriş va ta'mirlaş zavodida ta'mirlaş hamda modernizatsiya qiliş imkoniyatlarini örganişmoqda. Mamlakatlar bu yönalişda dastlabki loyihani muvaffaqiyatli yölga qöyişgan", deyilgan Sputnik agentligi xabarida.
Ötgan yili "Özbekiston temir yöllari" Turkmaniston temir yöl transporti vazirligi bilan 10ta vagonni sinov ta'miridan çiqariş böyiça şartnoma imzolagan va poytaxtdagi quyuv-mexanika zavodida şartnoma muvaffaqiyatli bajarilgandi. Hozirda tomonlar köp miqdordagi turkman yuk vagonlarini ta'mirlaş böyiça muzokaralar olib borişmoqda. Xabarda aytilişiça, gap kamida 300ta vagon haqida bormoqda.
Bundan taşqari, Turkmaniston öz aviaparki, ayniqsa zamonaviy samolyotlarini ta'mirlaş va texnik xizmat körsatiş sohasida ham hamkorlikni yölga qöyişga qiziqmoqda. Bunday hamkorlik uçun asos bor — joriy yil boşida Toşkentda Uzbekistan Airways va AQŞning Boeing korporatsiyasi MDHda birinçi bölib samolyotlarning kompozitsion tarkiblarini ta'mirlaş va xizmat körsatiş böyiça markaz taşkil etdi.
Markaz samolyotlarga barça turdagi xizmatlarni körsatiş uçun kerakli texnika va malakali mutaxassislarga ega bölgan Uzbekistan Airways Technics korxonasi bazasida faoliyat olib boradi. Bu yerda yiliga xorijiy aviakompaniyalarning, asosan Rossiya va Qozoğiston kompaniyalarining kamida 10ta samolyotiga texnik xizmat körsatiladi va ta'mirlanadi.

















