Toşkent şahrida Mustaqillik şoh köçasi bilan tutaşuvçi yöllarning avval yopilgan qismlari oçilişiga tayyorgarlik körilmoqda. 

Mustaqillik şoh köçasi va Abdulla Qodiriy köçasi kesişmasi. Quriliş texnikasi va işçilar Mustaqillik şoh köçasi va Abdulla Qodiriy köçasi kesişmasida yölötkazgiç oldidagi çiqişni tozalaş işlarini olib borişmoqda. Biroq, Toşkent şahri hokimiyati mazkur yöllarning qaçon oçilişiga oydinlik kiritgani yöq, deya xabar qilmoqda Gazeta.uz sayti. Ammo, işlar jadallik bilan olib borilayapti. Uşbu çiqiş yölining oçilişi şoh köça böylab Şahrisabz köçasidan Oloy bozori tomon harakatlanayotgan avtomobillar oqimini birmunça kamaytirişga xizmat qilişi kerak. 

Mustaqillik şoh köçasining Sayram 7-proyezdi bilan kesişmasi.

Yaqin kunlarda, şuningdek, ötgan yilning iyul oyida bekitilgan yana bir çorraha, Davlat statistika qömitasi binosi yonidagi Sayram 7-proyezdi bilan tutaşuvi ham oçilişi kutilayapti. Bu esa, şu atrofda işlaydigan va istiqomat qiladiganlar uçun manzilini bir neça kilometrga yaqinlaştiradi. 

Mustaqillik şoh köçasining Sayram 7-proyezdi bilan kesişmasi.
 
Şu bilan bir vaqtda, Mustaqillik şoh köçasining Oqqörğon köçasi bilan kesişmasini ham qayta işga tuşiriş böyiça çoralar körilmoqda. Ötgan yilning avgust oyida bu yerga harakat yönalişini ajratuvçi qöyilgan edi. 

Quriliş işlarida qatnaşayotgan turli xizmat xodimlari şaharning avvalgi yillarda yopilgan turli köçalaridagi qatnovlar ham qayta yölga qöyilişi mumkinligini aytişmoqda.