11 iyul kuni Özbekiston Respublikasi huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi  «Nodavlat oliy ta'lim xizmatlari körsatuvçi yuridik şaxslarga qöyiladigan talablarni tasdiqlaş töğrisida»gi  qaror loyihasini keng jamoatçilikka havola etdi. 

Loyihada aytilişiça, nodavlat oliy ta'lim taşkilotlari professor-öqituvçilarining ilmiy pedagogik salohiyati kamida respublika böyiça oliy ta'lim muassasalaridagi örtaça körsatkiçdan past bölmasligi lozim. Şuningdek, xususiy oliygohlarga ayni paytda faoliyat körsatayotgan OTM şart-şaroitlaridan kam imkoniyatlarga ega bölmasligi belgilanmoqda. 

Xususiy oliygohlarda ta'limning majburiy ravişda dunyoviy xarakterda bölişi şart qilib qöyilmoqda. Unda  uruşni, zöravonlikni tarğib qilişdan foydalanişga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilişiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma'naviy asoslari, fuqarolik osoyiştaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinişiga, Özbekiston Respublikasi töğrisida notöğri axborotlar tarqatilişiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlari buzib körsatilişiga yöl qöymasligi ta'kidlangan. 

Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri Inom Majidovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, yangi tahrirda qabul qilinişi kutilayotgan «Ta'lim töğrisida»gi qonunda ham uşbu mezonlar hisobga olinadi. 

Vazirning aytişiça, xususiy oliygohlarning paydo bölişi mehnat va ta'lim beriş yönalişiga yangi kapitalni olib kiradi. Şu bilan birga, sifat va raqobat paydo böladi. Faqat sifat va standartlar nazoratga olinişi kerak, xolos. 

Oliy va örta-maxsus ta'lim  vaziri bilan intervyuni töliq ravişda quyidagi havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.

Mover'da köriş (Tas-ix)

Youtube'da köriş