Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21 aprel kungi qaroriga köra, «Özagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining örinbosarlari tasdiqlangan.

Unga köra, «Özagrotexsanoatxolding» AJ raisiga Abduxalil Abdurahimoviç Raşidov birinçi örinbosar bölgan, Azamat Ismoilov Yuldaşev rais örinbosari - «Özagrotexmaş» AJ boş direktori, Anvar Abdimajitoviç Sattarov esa rais örinbosari - «Özagrolizing» AJ boş direktoriga aylangan.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, Saidabbos Saidkamiloviç Saydaminov Özbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari - Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantiriş departamentining direktori etib tayinlangan. U şu munosabat bilan «Özagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi örinbosari - «Özagrotexmaş» aksiyadorlik jamiyati boş direktori lavozimidan ozod etilgan.

Şuningdek, hukumat 23 aprel kuni Kavrak yetiştiruvçilar va eksport qiluvçilar uyuşmasi rahbarlarini tasdiqlaş töğrisidagi qarorini qabul qilgan.

Unga köra, Şuhrat Şavkatoviç Xurramov Kavrak yetiştiruvçilar va eksport qiluvçilar uyuşmasi raisi, Rustam Dunayev Yakubov esa uning örinbosari etib tasdiqlangan.