Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bölgan, kam ta'minlangan, farzandlarini töliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj onalarga arzon uy-joylar beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori qabul qilindi.

Nizomga köra, ariza beruvçi talabgor sifatida yozma tavsiyani oliş uçun Komissiya raisiga doimiy yaşaş joyi böyiça sörovnoma-ariza va hujjatlarni taqdim etadi.

Komissiya tomonidan arizani körib çiqişda uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlaş quyidagi ijtimoiy mezonlar asosida amalga oşiriladi:

  • ariza beruvçida mulk huquqi asosida turar-joyning yöqligi va turar joyda ijara şartlarida yoki yaşaş uçun yaroqsiz turar joyda yaşaşi;
  • boşqa oila (oilalar) bilan bir uyda (bir xonadonda) yaşaşi;
  • köp bolalik (uç va undan ortiq);
  • ariza beruvçi oilasining daromadi;
  • ijtimoiy xususiyatiga köra alohida xonadonda yaşaşi kerak bölgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining oğir körinişi, qandli diabetning yiringli yalliğlanişi, psoriaz) bemor ayollar (tuman tibbiyot birlaşmasining xulosasi va fuqarolarning özini özi boşqariş organi ma'lumotnomasi asosida)
  • ariza beruvçining oila a'zolari orasida birinçi guruh nogironligi bölgan şaxslarning mavjudligi;
  • ariza beruvçi uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir şaxs uçun 16 kv. metrdan kam bölmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uçun 23 kv. metrdan kam bölmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;
  • birinçi guruh nogironligi bölgan yolğiz ayollar;
  • yolğiz özi oğir nogironlikka olib keluvçi kasallikka çalingan bola parvarişlayotgan ayollar (tuman (şahar) xotin-qizlar qömitasi ma'lumotnomasi va tibbiyot birlaşmasi xulosasi asosida)
  • kam ta'minlangan oilada yolğiz özi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotgan ayollar (fuqarolarni özini-özi boşqariş organi ma'lumotnomasi asosida).