Yakunlanib borayotgan 4 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Toshkentda Hilton mehmonxonasi faoliyatini boshlashi mumkin

Toshkentda kelasi yili butun dunyoga mashhur Hilton brendi ostida faoliyat yurituvchi mehmonxona paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda, Sputnik agentligining "O‘zbekturizm"dagi manbasima'lum qilgan.
>>> Batafsil.
Oliy ta'lim vazirligi tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 sentabrdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi boshqaruv apparatiga kiritilgan o‘zgartishlar tasdiqlandi.
>>> Batafsil.
Yoqutistonlik talaba quloqchinlar tufayli muallimga hujum qildi

Internet tarmoqlarida Yoqutistondagi kollejda mashg‘ulotlar ketayotgan paytda talabaning muallimga hujum qilgan videosi keng tarqalmoqda.
>>> Batafsil.
Rossiya prezidenti Ostonaga keldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston poytaxti Ostonaga keldi. Putin Ostonada Mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi.


















