Suriyadan jami 6,5 mln kişi, şu jumladan şifokorlar çiqib ketganiga qaramay, umuman tibbiyot xodimlari yetişmovçiligi kuzatilmayapti. "Çegara bilmas şifokorlar" nohukumat taşkilotining gumanitar masalalar bölimi mudiri Mixil Xofman şunday ma'lumotlar bilan örtoqlaşgan.
"Qaçonlardir, Suriya Yaqin Şarq mamlakatlari orasida soğliqni saqlaş tizimi eng taraqqiy etgan davlatlardan biri edi…Endilikda, oradan atigi 5 yil ötib, bu tizim barbod qilindi. Köplab şifokor va hamşiralar mamlakatni tark etdi. Suriyadan umuman 6,5 mln kişi ketgan — albatta, birinçilardan bölib ma'lumotli, xususan şifokorlar ketişdi", — degan Xofman "Izvestiya" gazetasiga bergan intervyusida.
Uning qayd etişiça, Suriyada har qadamda şifokor yordami zarur. Şu bilan birga, xalqaro taşkilot hamma yerda ham öz şifokorlarining işlaşiga ruxsat ola bilmagan. Bunga Suriya hukumati bilan kelişa olmagani sabab bölgan.
Xofmanning sözlariga köra, "Çegara bilmas şifokorlar" Halabning ğarbida gospital oça olişmayapti. Şunga qaramay, Suriyaning hukumat qöşinlari nazoratidan boşqa hududlarida taşkilotning şifoxonalari faoliyat yuritmoqda.
"Biz bilan birga xorijga ketganlar — köngillilar taşkiloti bölganimiz sababli, boşida 700–800 yevro oylik maoş olib turişadi. Şifokorlar esa bir neça yillar hamkorlik qilganlaridan keyingina köpi bilan 1,5–2 ming dollar maoş olişlari mumkin. Ammo aksar köngillilar yarim yil-bir yil işlaydi", — deb hikoya qilgan Xofman.
Biroq, şunday bölsa-da, Xofmanga köra, şifokorlar yetarli. "Ammo, faqat şifokorlarning özi yetarli bölmaydi. Hamşiralar, haydovçi va buxgalterlar ham kerak. Biz asosan mahalliy şifokorlarni yollaşga harakat qilamiz", — deya qöşimça qilgan "Çegara bilmas şifokorlar" nohukumat taşkilotining gumanitar masalalar bölimi mudiri Mixil Xofman.

















