Toşkent şahri Yaşnobod tumanida joylaşgan «Islom ota» jome' masjidining (avvalgi “Jörabek” jome' masjidi) yangidan barpo etilgan binosida ilk juma namozi ado etildi. Bu haqda qadriyat.uz xabar bermoqda.
Masjid binosi ötgan yili yonğindan söng tamoman yaroqsiz holga kelgan, masjid mutasaddilari va mahalla faollarining taklifiga binoan, Toşkent şahar hokimligi tarafidan masjidni yangidan qurişga ruxsat berilgan edi.
Masjid zamonaviy usulda qurilgan bölib, qadimiy Şarq me'morçilik maktabi an'analarini ham özida aks ettirgan. Masjid majmuasiga xonaqoh, yozgi oçiq ayvon, tahoratxona, kutubxona, imom va noiblar xonasidan iborat.
Eslatib ötamiz: Masjidni tiklaş işlari ötgan yilning söngida boşlanib 9 oy davom etdi. Bugun jome' masjidining umumiy maydoni qariyb ikki barobar oşgan bölib, 2900 kvadrat metrdan 5400 kvadrat metrgaça kattalaşdi. Endi masjidda 560 kişi namoz amallarini ado etişi mumkin.
Masjidning asosiy binosi balandligi 22,1 metrni taşkil etuvçi gumbaz, 36,65 metrlik katta minora va har birining balandligi 10,82 metr bölgan törtta kiçik minoralardan iborat.
Fotogalereya: «Islom ota» jome' masjidi restavratsiyadan söng qayta oçiliş arafasida
















