Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 11 oktabrdan Galaxy Note 7 smartfonlarini işlab çiqarişni vaqtinçalik töxtatadi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi.
Bundan avval kompaniya akkumulyatorlar yonişi natijasida Galaxy Note 7 smartfonlarning sotuvi va ularning almaşinuvi vaqtinçalik töxtatilişi haqida e'lon qilgandi. Kompaniya hukumat vakillari, jumladan Koreyaning texnologik standartlar agentligi bilan maslahatlaşib, şunday qarorga kelgan. Şuningdek kompaniyaning mazkur smartfonlardagi noqisliklarni örganişga kirişgani ma'lum qilingan.
Janubiy Koreyada Galaxy Note 7 sotuvlari 19 avgustdan sotila boşlagan. Sentyabr oyining boşida kompaniya smartfonining 2,5 million yangi modeli jahon bozoridan, jumladan, AQŞ, Janubiy Koreya va Tayvan dökonlaridan qaytarib olingan. Bunga uning zaryadlaş vaqtidagi yonib ketiş holatlari köp kuzatilgani sabab bölgan.
Samsung Electronics — elektronika mahsulotlarini işlab çiqaruvçi kompaniya. Uning ştab-kvartirasi Seulda joylaşgan. 2016 yilning apreliga köra, kompaniyaning 84 mamlakatdagi xodimlari soni 319 ming kişi atrofida bölgan.













