Yevropa Ittifoqi davlatlari taşqi işlar vazirlari Suriya va uning ittifoqdoşlarini Xalqaro jinoyat sudi oldida javob berişga çaqiradi. 17 oktabrda Reuters axborot agentligining ma'lum qilişiça, bu band Lyuksemburgdagi uçraşuv natijalariga köra qabul qilinadigan loyihada bor.

Ta'kidlanişiça, taşqi işlar vazirlari Halabning şarqiy qismidagi vaziyatning "falokatli tarzda avj olganini" qoralamoqçilar va tinç aholi va şifoxonalarga berilayotgan zarbalarni harbiy jinoyatlarga tenglaştirmoqçilar.

Bundan taşqari, ular Suriyada jangovar harakatlarni töxtatiş va gumanitar yordamni yetkazişni ta'minlaşga çaqiradilar. Şuningdek, vazirlar Suriyadagi ixtilofni tartibga soliş böyiça muzokaralarga Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinini qöşişni taklif qilişadi.

Oxirgi oylarda Halabdagi vaziyat öta keskinlaşib ketdi. AQŞ Rossiyani tinç aholini va qurollangan muxolifatni bombardimon qilişda ayblab kelmoqda. Damaşq va Moskva esa öz navbatida zarbalar faqatgina terrorçilarga berilayotganini aytmoqda va Vaşingtonni örtamiyona muxolifat otryadlariga ta'sir körsatişga qodir emaslikda ayblamoqda.