21 oktabrga ötar keçasi Mexiko okrug sudi El Çapo (Pakana) laqabli narkobaron Xoakin Gusman Loerani uning advokatlari e'tirozlariga qaramasdan, AQŞga topşirişni tasdiqlagani ma'lum böldi. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.  

Gusmanni himoyalovçi advokatlardan biri Agence France-Presse axborot agentligiga sudning bu qarori yuzasidan oliy instansiyaga şikoyat berişini aytgan. "Sinaloa"  narkokarteli yetakçisi himoyaçilarida ekstraditsiya jarayonini töxtatişga barça imkoniyatlar mavjud, çunki Meksikadagi eng taniqli jinoyatçilardan birining AQŞga topşirilişi sanasi hali belgilanmagan.

Qayd etiş joizki, AQŞda Gusmanga u sodir etgan jinoyatlar – qotillik, odamlarni öğirlaş, giyohvand moddalar savdosi uçun bir neçta umrbod jazosi berilişi mumkin.  

Meksika hukumati avvalroq ham "1-raqamli narkobaron"ni AQŞga topşirişni ma'qullagandi, biroq jinoyatçining advokatlari bu jarayonni töxtatişga muvaffaq bölişgandi.