Samarqandda tramvay yöli qurilişi boşlandi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
«Tramvay qatnovining dastlabki bosqiçi Samarqand temiryöl vokzali maydoni va Sartepa massivi oraliğida yölga qöyiladi. Pölat izlar Beruniy, Buyuk ipak yöli, Amir Temur, Turkiston köçalarida yotqiziladi. Umumiy uzunligi 8 kilometrdan iborat mazkur yöl qurilişining dastlabki işlari boşlandi», – deydi Samarqand şahar arxitektura va quriliş bölimi boşliği vazifasini bajaruvçi Uluğbek Tojiboyev
Yöl qurilişining ikkinçi bosqiçida tramvay yönalişini Temiryöl vokzalidan Siyob dehqon bozorigaça, uçinçi bosqiçida Buyuk ipak yöli köçasidan Kimyogarlar şaharçasiga qadar uzaytiriş közda tutilgan.
5 oktabr kuni Samarqand şahrida bölgan Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev aholiga qulaylik yaratiş borasida zamonaviy tramvay liniyalari barpo etiş zarurligini ta'kidladi va şaharda dastlabki tramvay qatnovini 2017 yil Navröz bayramiga qadar yölga qöyiş haqida körsatma bergan edi.
Şahardagi dastlabki tramvay liniyasi Siyob bozori va Sartepa mavzesi oraliğida yölga qöyilişi aytib ötilgan.
Ötgan haftada 2011—2012 yillarda Çexiyadan Toşkenda harakatlanişi uçun olib kelingan Vario LF tramvaylari Samarqand vokzaliga olib borilgani ma'lum bölgandi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda yölni tayyorlaş işlari boşlangani körsatilgan suratlar tarqaldi.

Surat muallifi yöl qayerdan ötişini taxmin qilgan.


















