Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taylandga boruvchi sayyohlarga qora bog‘ichlar taqdim etiladi
Tayland bosh vaziri o‘rinbosari Tanasak Patimaprakorn turizm va sport vazirligiga motam muddati davomida o‘zini tutishga oid maxsus risolalarni chop etishga ko‘rsatma bergan. Shuningdek, mamlakatga kelgan sayyohlarga qora tasmalar ham tarqatiladi. Ularni libosga taqib olish mumkin bo‘ladi, deya xabar qilmoqda TASS agentligi.
Avvalroq, Tayland sayyohlik boshqarmasi milliy motam kunlari qirollikka tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarga tavsiyalar ro‘yxatini e'lon qilgan edi.
Xususan, “ko‘plab odamlar qora libosda bo‘ladi. Sayyohlar bunday qilishi shart emas, ammo jamoat joylarda to‘q tusdagi liboslarni kiyishga harakat qiling”, deyiladi tavsiyanomada.
2016 yil 14 oktabridan qirol Pxumipon Adulyadet vafoti munosabati bilan Taylandda bir yillik motam e'lon qilindi. Davlat xizmatchilari shu vaqt mobaynida qora libos kiyish buyurilgan. Davlat bayroqlari 30 kun tushiriladi. Bundan tashqari, 30 kun davomida turli ko‘ngilochar dasturlar, tomoshalar bekor qilingan.
Mavzuga oid
09:03 / 20.09.2025
O‘zbekiston rossiyaliklar orasida kuzgi sayohatlar uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi
11:06 / 11.04.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida "Farg‘ona vodiysining oltin sayyohlik halqasi" yaratiladi
14:52 / 28.02.2025
Xitoyda g‘amgin kuchukchani eslatuvchi qoya topildi. Sayyohlar u bilan suratga tushish uchun itlarini olib bormoqda (foto)
14:52 / 10.02.2025